Dembele jarohat oldi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2025
Usmon Demele klublar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichida ishtirok eta olmaydi.

PSJ va Fransiya termasi vingeri Millatlar ligasi yarim finalida Ispaniyaga qarshi o'yinda jarohat oldi.

"RMC Sport" ma'lumotiga ko'ra, uning tiklanishi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi. Shu sababli u 14 iyun kuni boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichida qatnashmaydi. Agarda jamoa pley-offga yo'llanma oladigan bo'lsa, u o'yinlarda qatnashishi mumkin.

Shuningdek, Bredli Barkolya ham jarohatlangan va shu boisdan Millatlar ligasida Germaniyaga qarshi 3-o'rin uchun o'yinda qatnasha olmaydi. Biroq u klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha safga qaytishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia