Chempionlar ligasi mavsumining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Alisher Ostonov
1 iyun 2025, 21:35
PSJ yarim himoyachisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fransiya terma jamoasining 28 yoshli vingeri "Pari Sen-Jermen" tarkibida 2024/25 yilgi mavsumda turnir g'olibiga aylandi - bu klub tarixidagi ilk ECHL sovrini bo'ldi.

Dembele finalda "Inter"ga qarshi o'yinda (5:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda, Usmon Chempionlar Ligasining joriy mavsumida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi, 126,11 km masofani bosib o'tdi va maksimal tezligi 33,92 km/soatni tashkil etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: uefa.com