Dembele "Barselona"dan ketishni istamayapti va shartnomani uzaytirmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2021, 08:57
"Barselona" Usman Dembele bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Kataloniyaliklar rahbariyati fransiyalik futbolchining agenti bilan uchrashib, yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. 

Tomonlar sentyabr oyida Dembelening shartnomasini uzaytirish bo'yicha kelishib olganlar. 

24 yoshli futbolchining o'zi ham kelishuvni uzaytirish istagida: u "Barselona"dan ketmoqchi emas. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport