Dembele "Barselona" bilan yangi shartnoma imzoladi

Alisher
13 iyul 2022, 12:13
Forvard Usmon Dembele endilikda "Barselona" bilan shug'ullanishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Edu Polo xabar bermoqda.

25 yoshli francuz kataloniyaliklar bilan yangi shartnomaga imzo chekdi, shu sabab endilikda jamoa bilan shug'ullanishi mumkin. Tez orada rasmiy ma'lumot berilishi kutilmoqda.

Dembele "Barselona"da 2017 yildan beri o'ynaydi. U o'tgan mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/edupolo