Dele Alli: “Kimsasiz orolga to'p, popkorn va suv olgan bo'lardim”

1 iyul 2016, 23:55
Angliya terma jamoasining yangi yulduzlaridan biri Dele Alli Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan intervyuda muxlislardan kelgan savollarga javob qaytardi.


- Uels bilan o'yindan keyin Ben Devisga ko'z yoshlarini artishi uchun dastro'mol berdingizmi?

- Bahsdan keyin Ben bilan chin dildan suhbatlashdik. Dastro'mol haqida esa eslamadim.

- Erik Dayer bilan qanday do'stlashgansiz?

- Erik seni darhol quchish bilan qarshi oladigan insonlardan sanaladi. “Tottenxem”ga kelganimda Dayer ham klubga yangi kelganlardan edi va biz tez til topishib ketdik.

- Angliya tarixidagi eng kuchli futbolchi kim?

- Stiven Jerrard - kumirim.

- Evro-2016dagi dastlabki g'alabaga yigitlar qanday munosabatda bo'lishdi?

- Chempionatga kelganimdan xursandman, bu men uchun birinchi yirik musobaqa. Ingliz muxlislariga qoyil, ular bizga ajoyib dalda bo'lishmoqda.

- Erik Dayer Rossiyaga gol urgandek jarimadan to'p kirita olasizmi?

- Unga omad kulib boqdi (kuladi). Hazillashdim, Erik hamisha bunday zarbalar ustida ishlaydi.

- Bolalar uchun kumirga aylandingiz. Bu haqida nima deya olasiz?

- Bolalar bazida birga suratga tushishni so'rashadi. Menda esa bu haligacha xayolimga kelmaydi.

- Terma jamoada sheriklaringizdan biror yangi harakatni o'rgandingizmi?

- Bilmadim, kimdir ko'rganmi, lekin Erik internetga Jon Stounz bilan yugurayotgan odamni ko'rsatishgan holni joylashtirdi. Buni shu ishni uddalay olmaganim uchun videoga oldim. Ulardan o'rganaman.

- Kimsasiz orolga qaysi uch narsani olardingiz va nima uchun?

- Bu qiyin savol. Albatta, hech qachon zerikmaslik uchun futbol to'pini olardim. Yana bug'doyli popkornni ham, ular oroldagi quyoshda pishib qoladi. Yana chanqashdan halok bo'lmaslik uchun suv olardim.

- Hayotda Erik Dayer haqida film suratga olishsa, qaysi aktyorni rol o'ynash uchun taklif etardingiz?

- Juda ko'p aktyorlarni bilmayman. Jon Xillni chaqirardim, uning sochlari qo'ng'iroq va kulguli, Erikni eslatadi. Yana ko'rinishi ham deyarli bir xil.

- Faoliyatingizdagi eng yoqimli lahza qaysi?

- “Tottenxem” safida “Lester”ga qarshi va terma jamoada Fransiya bilan o'yindagi gollarimdan birini tanlashim qiyin. Lekin ikkinchisi afzalroq, menimcha.

- FIFA” o'yinida o'zingizni o'ynab ko'rganmisiz?

- 1-2 marta, lekin unda hozircha unchalik kuchli emasman. Umid qilamanki, keyingi yil meni yaxshiroq qilib ishlashadi. Shunda, balki o'ynab ko'raman.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia