Dele Alli ketma-ket ikkinchi yil APLning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

Narzulla Saydullayev
24 apr 2017, 08:41
Tottenxem yarim himoyachisi Dele Alli Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi talqiniga ko'ra ketma-ket ikkinchi yil APLning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.

Bu sovringa Xarri Keyn (Tottenxem), Maykl Kin (Bernli), Romelu Lukaku (Everton), Jordan Pikford (Sanderlend) va Leroy Sane (Manchester Siti) kabi futbolchilar ham da'vogarlik qilishgandi.

Bu mavsumda 20 yoshli Dele Alli 16ta gol urdi va 5ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk