Del Boske Xavi, Inesta va Riberiga ovoz bergan

Nadirkhuja Yuldashev
25 dek 2013, 04:21
Ispaniya terma jamoasining bosh murabbiyi “oltin to'p” uchun bergan ovozlarini e'lon qildi.
“Men Xavi va Inesta uchun ovoz berdim. Ular kengaytirilgan tarkibdan o'rin olganliklari uchun, futbolchilarimga ovoz bermasam bo'lmas edi. Uchinchi o'rin uchun esa Riberini etirof etdim. Bunday qarorga kelishimga mantiq sabab bo'ldi. U “Bavariya” tarkibida barcha turnirlarda g'alaba qozondi. Shu bilan birga Fransiya terma jamoasi bilan JCH yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi”, - deydi mutaxassis “Football Espana”ga bergan intervyusida.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru