Del Boske: "Real"da qolganimda, jamoa CHLda ko'proq g'alaba qozongan bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
3 fev 2016, 10:51
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boskening fikricha, agar u "Qirollik klubi"da uzoqroq vaqt qolganida "Real" Chempionlar ligasida ko'proq muvaffaqiyatga erishgan bo'lar edi.

"Maqtanish va ginalarsiz gapirmoqchiman: Agar "Real"da qolganimda jamoa Chempionlar ligasida ko'proq g'alaba qozongan bo'lar edi" - deydi del Boske.

Del Boske 1999 yildan 2003 yilgacha "Real"ni boshqargan. Jamoa ushbu vaqt ichida uning qo'l ostida Ispaniya chempionatida (2000/2001 va 2002/2003), Chempionlar ligasida (1999/2000 va 2001/2002), hamda Qitalararo Kubogida (2002) g'alaba qozongan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS