Deku: “Messi muxlislarning yodida abadiy qoladi, Ronaldu tarixdagi eng zo'rlardan biri”

Eldor Akmurzayev
31 may 2020, 21:50
Portugaliyalik sobiq futbolchi Deku “Barselona” yetakchisi Lionel Messi hamda “Yuventus” aosi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Messi kabi futbolchi dunyo yuzini ko'rishini tasavvur qilish qiyin edi. Uni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri deb hisoblayman, 10-12 yil davomida ko'plab gollarni urib kelmoqda. Leogacha bunga ishonib bo'lmas edi, u muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Ko'ramiz, 20 yil ichida yana u kabi kimdir paydo bo'lib qoladimi.

Ronaldu esa Messidan farq qiladi, lekin uning mahoratini o'ziga moslashtirgani e'tiborimni tortgan. Krishtianu qanotda o'ynashni boshlagan, ammo asta-sekin futbolchi sifatida o'sib bordi. U tarixdagi eng zo'rlardan biri va buyuk sportchidir”, deydi Deku.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: A Bola