Deku: "Manchester Siti" 200 mln evro sarfladi, ammo "Barselona" bunga qodir emas"

Alisher
12 fev 2025
"Barselona" sport direktori Deku o'tgan qishki transfer oynasida yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolanmagani borasidagi savolga javob berdi.

"Bugungi kunda to'rt-besh nafar yangi o'yinchi olib kelishimizning keragi yo'q. Hozirda baxtlimiz, sababi o'yinchilar bilan shartnoma imzolash borasida oldingidek muammolarimiz yo'q. "Manchester Siti" 200 mln evro sarfladi, ammo biz bunga qodir emasmiz", - dedi Deku.

"Barselona" La Ligada 23 o'yindan so'ng uchinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Barca Universal