Deku Kloppning "Barselona"ni boshqarishi haqidagi savolga aniq javob berdi

Omonjon To`xtamirzayev
12 fev 2024, 18:59
"Barselona" sport direktori Deku klubga "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppni taklif qilinishi borasidagi savolga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, mutaxassis ma'lum vaqt murabbiylikdan chetda bo'lishni, dam olishni istashini e'lon qilgandi.

"Moliyaviy vaziyatimiz unchalik yaxshi emas va bu klub meni taklif qilishining sabablaridan biri. Biz boshqa boy klublar kabi pul ishlata olmaymiz va bu holat, "Barsa"ga kelib, darhol barcha sovrinni yutishni istaydigan murabbiyni ranjitadi. Afsuski, biz bunday imkoniyat yaratib bera olmaymiz. Shu sababli, Yurgen Kloppni taklif qilmaymiz, hozir emas.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sol.sapo.pt