De Yong: "Xavi o'yinlarda tashabbusni qo'lga olishni yoqtiradi"

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2022, 09:27
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong bosh murabbiy Xavi haqidagi fikrlarini bildirdi"

"Xavi - o'yinlarda tashabbusga ega bo'lishni yoqtiradigan murabbiy. 

U biz ko'proq to'pga egalik qilishimizni, vaziyatlar yaratishimizni va raqibdan ustunlik qilishimiz uchun yuqori pressing uyushtirishimizni istaydi. Shuningdek, u sovrinlar yutishni ham xohlaydi. 

Xavi o'zi istaganidek jamoani shakllantirmoqda. Biz kuchaymoqdamiz, ammo hali bu jarayon davom etmoqda. O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldamiz", - dedi de Yong. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo