De Yong “Barselona” futbolchilaridan kim uyda eng ko'p mashg'ulot o'tkazayotganligi haqida gapirdi

6 apr 2020, 23:15
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong muxlislarning savollariga javob bera turib, jamoa hujumchisi Martin Braytvayt futbolchilar orasida uyda qolib, eng ko'p mashg'ulotlar o'tkazayotganini aytib o'tdi.

Martin Braytvayt barchadan ko'ra ko'proq mashg'ulot o'tkazmoqda. U jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyga o'xshaydi. Martin judayam ko'p mashg'ulot o'tkazmoqda. Serxio Roberto hammadan ko'p televizor tomosha qilmoqda. 

Kimdir o'zgacha yangilikka qo'l urdimi? Pike. U doim yangilikka intiladi. 

Kim sochini olishga qarr qildimi? Grizmann. U karantindan oldin bu ishga jazm qilganji”, deya De Yongning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" расмий сайти