De Xeaning yangi jamoasi ma'lum bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
25 noya 2018, 20:59
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De xea yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ayni damda 28 yoshli posbonga PSJ jiddiy ravishda da'vogarlik qilmoqda. Ispaniyalik MYUdagi shartnomasi yakunlanganidan keyin Parij jamoasi safiga borib qo'shilishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, PSJ De Xeaga  60 million funt maoshi bor 4 yillik shartnoma taklif qiladi. Unga ko'ra, David haftasiga 300 ming funt maosh oladi va dunyoda eng ko'p maosh oladigan posbonga aylanadi.

Golkiperning MYU bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Oldinroq posbon yomon natijalar tufayli jamoasini o'zgartirishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail