De Xeaning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi JCH vaqtida hal bo'ladi

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2022, 15:27
Erik Ten Xag jamoa darvozaboni David De Xeaning kelajagi borasida gapirib o'tdi.

Niderlandiyalik murabbiyga ko'ra, Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida yuzaga keladigan tanaffus paytida ispaniyalik posbonning kelajagiga oydinlik kiritiladi. De Xeaning "qizil iblislar" bilan amaldagi kelishuvi ushbu mavsum oxirida yakun topadi. 

Klub mazkur shartnomani yana bir yilga cho'zish imkoniga ega. Darvozabon yakshanba kuni "Vest Xem"ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:0) muhim rol o'ynadi va ikkinchi taymda uchta seyv namoyish etdi. Uning uzoq muddatli kelajagi borasida taxminlarga qaramay, ten Xag ispaniyalikning tarkibda ekanligidan mamnun ekanini bildirdi:

"Hozir biz bo'lajak o'yinlar haqida o'ylayapmiz. Oldinda bizni Jahon chempionati va tanaffus kutib turibdi. Ana o'shanda shartnoma borasida bir qarorga kelamiz.

Men ko'p bor aytganman, David ajoyib darvozabon. U endigina 31 yoshda, yaxshi sport formasida va yanada kuchayishi mumkin. Umid qilamanki, de Xea safimizda qoladi", – dedi "Manchester Yunayted" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru