De Xea ushbu mavsum jamoasini eng ko'p goldan qutqargan darvozabon bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 00:37
APLda 2021/22 yilgi mavsumning teng yarmi ortda qoldi.

Ushbu mavsumning dastlabki yarmida "Manchester Yunayted" posboni David De Xea jamoasini yaqqol 7 golli vaziyatdan qutqardi. U darvozasiga bo'layotgan zarbalarning 70 foizini qaytargan.

Shuningdek, "Vulverxempton" posboni Joze Sa jamoasini 6 goldan saqlab qolib, ikkinchi o'rinda qayd etilgan.

Shuningdek, eng yomon natija "Lester" posboni Kasper Shmeyxelga tegishli. U o'tkazib yuborilgan 5 golda qo'pol xatoga yo'l qo'ygan. Shuningdek, "Lids" hamda "Kristal Pelas" kiperlari Ilan Mele hamda Visente Guaita to'rttadan golda xatolari kuzatilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA