

"Telegraph" nashri jurnalisti Jeyms Daker jamoadagi ichki manbalariga tayangan holda ma'lum qilishicha, MYU posbonga 2020 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda. Ammo David jamoada ko'proq qolmoqchi va uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi bo'lib turibdi.
David keyingi yili 28 yoshga kiradi va shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadi. Oldinroq darvozabon MYU bilan uzoq yillik shartnomaga imzo chekishi borasida ma'lumotlar berilgandi.



