De Xea Ispaniya klubi egasiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
16 noya 2023
David De Xea Segunda klubi "Eldense"ning ulushini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi sobiq darvozaboni David De Xea Ispaniyaning "Eldense" klubi ulushini xarid qilmoqchi, deb xabar bermoqda AS.

De Xea allaqachon klub xo'jayini Paskual Peres bilan uchrashgan, u sentyabr oyi oxirida "Eldense" nazorat paketi uchun xaridorlar izlayotganini e'lon qilgandi. Ular jamoadagi vaziyat, ehtimoliy loyiha va mumkin bo'lgan kelishuv shartlarini muhokama qilishdi.

Hozirda "Eldense" Segunda musobaqa jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS