De Xea ikki oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2019, 22:04
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeaning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda. Ispaniyalik posbonning oyoq mushaklarida jiddiy muammolar borligi aniqlangan. Shu boisdan u 2 oygacha bo'lgan vaqtni maydondan tashqarida o'tkazib yuboradi.

Agarda posbon belgilangan vaqtda maydonga qaytmasa, "Liverpul", "Chelsi", "Tottenxem" va "Manchester Siti" kabi jamoalarga qarshi bahslarda qatnashmaydi.

Ushbu mavsumda De Xea 9 o'yinda 8 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun