De Xea faoliyatini yakunlashi mumkin

Mirjalol Normatov
22 sen 2023
Darvozabon David de Xea faoliyatini yakunlashi mumkin.

"The Guardian" xabariga ko'ra, agarda katta klublardan biri jamoasida asosiy tarkib vada qilinmasa, 32 yoshli ispaniyalik kiper faoliyatini yakunlashi mumkin. Oldinroq "Manchester Yunayted"ning kiperi Saudiya Arabistoni va Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan taklifga rad javob bergan va pul uning asosiy maqsadi emasligini aytgandi.

Ayni damda de Xea boshqa kuchli beshlik chempionatlarining top-klublaridan takliflar kutmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian