De Rossi 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
3 mar 2014, 23:14
"Roma" yarim himoyachisi Daniele De Rossi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardining yuziga urgani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
O'yin bosh hakami Mauro Bergonci o'sha vaziyatni ko'rmay qolgandi, biroq o'yin videoyozuvi orqali tartib intizom qo'mitasini uni jazoladi.
 
"Inter" himoyachisi Juan ham "jallorossi" vakili Alessio Romanolining elkasiga urgani uchun 3ta bahsga chetlatildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru