De Ligt: "Muzokaralar bo'lyapti degani kelishib bo'ldi degani emas"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2022, 00:53
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt klub bilan bo'layotgan muzokaralar haqida gapirdi.

"Ha, muzokaralar bo'lyapti. Ammo bu klub bilan kelishib oldi degani emas. Muzokaralar sekin ketmoqda. Klub bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Shu sababli uni uzaytirishga vaqtim etarlicha", - dedi de Ligt.

Oldinroq 22 yoshli himoyachiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted"dan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.

O'tgan mavsumda niderlandiyalik fullbek barcha turnirlarda 42 o'yinda qatnashib, 3 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal