De Ligt jarohat oldi va Ukrainaga qarshi o'ynay olmasligi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2021, 09:01
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Matteys de Ligt Evro-2020 doirasida Ukrainaga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

21 yoshli futbolchi umumiy guruhda mashg'ulotlar o'tkazgan, ammo mashg'ulot oxiridagi uchrashuvda qatnashmay, mashqlarni alohida olib borgan. 

Avvalroq de Ligt jarohat sabab Gruziyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ham maydonga tusha olmagandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AD