De Ligt bugun yoki ertaga "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tadi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019
"Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

19 yoshli futbolchining transfer narxi 70 million evroga teng bo'ladi, deb xabar beradi "La Gazzetta dello Sport". Shuningdek, turinliklar yana bir qancha bonuslarni ham vada qilgan.

Gollandiyalik bugun yoki ertaga "Yuve" qarorgohiga keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shartnomada uning tovon puli 150 million evro qilib belgilanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport