De Ligt "Barselona"ning taklifi haqida: "Yozda hammasini o'ylab olishim kerak"

Aslanov Jasurbek
16 may 2019, 12:15
"Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligt mavsum so'nggida "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi fikrlarga izoh berdi.

"Biz endigina chempionatni yutdik va de Yong bilan birgalikda jamoani tark etish haqida gapirishning payti emas.

Yozda hammasini o'ylab olishim kerak, ko'ramiz nima bo'ladi", - deydi de Ligt.

Avvalroq, himoyachi "Barselona" bilan kelishib olgani va transfer qiymati 70 million evroni tashkil etishi haqidagi xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca