De Bryuyne: "Pogbaning chetlatilishi - uning boshqalarga jarohat tilaganiga bog'liq emas deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 21:14
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda Pol Pogba diskvalifikaciya tufayli o'ynamasligidan afsusda.

Oldinroq, fransiyalik futbolchi "Siti"ning yetakchi futbolchilari jarohat olishini tilagan edi.

"Pogbaning so'zlari o'ziga qaytganiga ishonmayman. Men oddiy insonman. Agar kimdir shunga ishonsa, qarshiligim yo'q. Har bir insonning o'z fikri bo'ladi. Kimdir jarohat olishini istamayman. Bu musobaqa va eng yaxshi jamoa va futbolchilarga qarshi o'ynash kerak. U nima deyishining menga farqi yo'q. Biz o'z ishimizga e'tibor qaratishimiz kerak" - deydi De Bryuyne.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports