De Bryuyne "Oltin to'p"ni kimga berish kerakligini aytdi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021, 20:14
"Manchester Siti" yetakchisi Kevin de Bryuyne 29 noyabr kuni Parijda taqdim etiladigan "Oltin to'p" haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agar "Oltin to'p" sohibini tanlaganimda, ikki yillik davrni baholagan bo'lardim. Men "Bavariya"dagi ko'plab gollari va yutuqlari uchun Robert Levandovskini tanlagan bo'lardim", - deydi De Bryuyne.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilda "Oltin to'p" sovrini koronavirus pandemiyasi tufayli hech kimga berilmagandi. Futbol olamining ko'plab vakillari bu qarorni o'sha mavsum ajoyib o'yin ko'rsatgan Robert Levandovskiga nisbatan adolatsiz deb hisoblashgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail