

"O'ylaymanki, ushbu mavsumda biz yaxshi formadamiz. APL biroz o'zgardi. Jadvalning pastki qismida joylashgan jamoalar ko'proq pul sarflashlari va yuqori darajadagi o'yinchilarni sotib olishlari mumkin. Men 20 ta jamoaning barchasi yuqori saviyada ekanligini his qilyapman, shuning uchun ularni mag'lub etish tobora qiyinlashib bormoqda.
Ammo baribir biz ligada ikkinchi o'rinda turibmiz va hali ham uchta turnirda qatnashyapmiz, shuning uchun o'tgan mavsum bilan solishtirsak, unchalik o'zgarish sezmayapman", – dedi belgiyalik yarim himoyachi.



