De Bryuyne mashg'ulotlarga qaytdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
1 okt 2018, 20:51
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Belgiyalik umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Ammo, uning mashg'ulotlarda qay darajada ishtirok etayotgani (to'liq yoki qisman) va yaqin oradagi uchrashuvlarda safga qaytishi haqida ma'lumot berilmagan.



De Bryuyne avgust oyining o'rtalarida tizza mushaklarini jarohatlab olgan edi. Tiklanish 3 oy vaqt olishi xabar qilingan edi.

Sentyabr oyining o'rtalarida esa Kevin 11 noyabrda bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinga qaytishi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/ManCity