De Bryuyne “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2018, 00:44
“Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoaning yetakchi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bilan shartnomani uzaytirdi.

Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi. Belgiyalik futbolchi bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekildi. 

Joriy mavsumda De Bryuyne “Manchester Siti” libosida jami 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 8ta gol kiritdi va 13ta golga hammualliflik qildi. Kevin “shaharliklar” sharafini 2015 yildan beri himoya qilib kelyapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif