

The Guardian nashrining xabariga ko'ra, belgiyalikning jarohatidan forig' bo'lishi tezlashmoqda. Natijada, 4 dekabr kuni APL doirasida "Uotford"ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi mumkin.
Futbolchi "Fulhem" bilan bo'lgan uchrashuvda (2:0) tizzasidan jarohat olgan edi. Shuningdek, de Bruyne 8 dekabr kuni "Chelsi"ga qarshi bahsda ham paydo bo'lishi mumkin.



