

"Hozir 31 yoshdaman, 35 yoshga to'lganimda nima bo'lishini bilmayman. Men uchinchi Jahon chempionatida ishtirok etaman va hozir terma jamoadagi davrim nihoyasiga yetib borayotganini tushunib turibman", – dedi de Bryuyne.
Kevin De Bryuyne Belgiya terma jamoasi safida ikkita Jahon chempionati va ikki marta Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Uning hozircha bu darajadagi asosiy yutug'i – 2018 yilgi mundial bronzasi.



