

"Manchester Siti" yarim himoyachisi "Sautgempton"ga qarshi APLning 30-tur bahsida Erling Xolandga golli pas berdi.
De Bryuyne Premer-ligada 100ta assistga eng tez erishgan futbolchiga aylandi. Buning uchun unga 237ta bahs kerak bo'ldi. Avvalgi rekord Sesk Fabregasga tegishli edi (293ta o'yin).
APLda 100tadan ortiq assist amalga oshirgan futbolchilarning soni 5 nafar: Rayan Giggz (162), Fabregas (111), Ueyn Runi (103), Frenk Lempard (102) va De Bryuyne.




