De Bryuyne "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2015, 12:45
"Volfsburg" bosh murabbiyi Diter Xekking "Bavariya"ga qarshi Germaniya Superkubogi uchrashuvida yarim himoyachi Kevin De Bryuyneni maydonga tushira olmasligi mumkin.

Belgiyalik futbolchi so'nggi mashg'ulotni oxirigacha davom ettira olmadi. Futbolchi belida og'riqni his qildi.

"Shanba kuni u maydonga chiqishini aniq bilmayman" - deydi Xekking.

"Volfsburg" va "Bavariya" o'rtasidagi Germaniya Superkubogi uchun bahs 1 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com