Daxshat! 19 yoshli​ Mbappe 13-daqiqa ichida “Lion” darvozasiga 4 ta gol urdi

8 okt 2018, 07:18
PSJ kecha Fransiya chempionati 9-turi doirasida “Lion” 5:0 hisobida taslim qildi.

Uchrashuvda 19 yoshli Kilian Mbappe poker qayd etdi.

U 4 ta golni 13 daqiqa ichida kiritishga erishdi. Mbappening gollari 61, 66, 69 hamda 74-daqiqada “Lion” darvozasidan joy oldi.

Shu tariqa Mbappe ilk bor PSJ safida xet-trik va poker qayd etdi. Uning Liga 1’dagi golli soni 8 taga etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sports.ru