Davronjon Ergashev: "Bunyodkor"ni Qarshida g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"

Mirjalol Normatov
24 apr 2021, 22:27
Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi "Bunyodkor" jamoasi O'zbekiston kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida o'z maydonida "So'g'diyonani" qabul qildi.

O'yin davomida katta ustunlikka ega bo'lgan "qaldirg'ochlar" 1-1 hisobida durangga imzo chekdi. O'yindan so'ng jamoaning tojikistonlik himoyachisi Davronjon Ergashev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"To'g'risini aytganda  "So'g'diyona" bilan o'z maydonimizdagi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. Shundagina keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilardik. Mas'uliyatni barcha his qilib turgandi. Ilk daqiqalardan boshlab bor e'tiborimizni hujumga qaratdik. O'zingiz ham ko'rdingiz qulay vaziyatlarni golga aylanishiga ozgina omad  yetishmadi. Ikkinchi bo'limda ko'plab hujumlarimizning bittasidan samara chiqara oldik. Uyimizda o'tayotgan bahslarda muxlislarimizni xursand qila olmayapmiz. Nasib qilsa navbatdagi uchrashuvlarda g'alabani tantana qilishga harakat qilamiz. 

Qarshidagi o'yinda durangni o'ylamaymiz. Bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. Navbatdagi bosqich yo'llanmasini "Nasaf" maydonida qo'lga kiritamiz.

Ha, markaziy himoyada o'ynayotgan edim. Kecha birinchi bo'limda qanotda harakat qilishimga to'g'ri keldi. Umuman olganda bu muammo tug'dirgani yo'q",- deydi Davronjon Ergashev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia