Davron Umirov: "Turon"ning Superligada qanday ishtirok etishi ko'pchilik uchun qiziq"

Aslanov Jasurbek
10 fev 2021, 19:37
AGMK va "Turon"(1:1) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Yaypan shahri jamoasiga qishki transfer oynasida kelib qo'shilgan Davron Umirov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yangi jamoaga moslashish jarayoni yaxshi ketmoqda, deya olaman. Har bir jamoa qaysi ligada ishtirok etishidan qatiy nazar o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. "Turon"ning maqsadi kuchli uchlikdan o'rin egallash. Bu kim uchundir kulguli tuyulishi mumkin. Baribir katta marralarni mo'ljallash kerak, deb o'ylayman. Qaysidir manoda mazkur jamoa o'zimizni ko'rsatishimiz uchun ham ajoyib imkoniyatdir. O'z o'yinimizni ko'rsata olsak bundanda kuchliroq klubga yo'l olishimiz mumkin. Umumiy qilib aytganda tramplin deyishim ham mumkin. Ammo, ayni payt faqat shu jamoa haqida o'ylamoqdaman. 

"Lokomotiv"da jarohat oldim va o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Bosh murabbiy Islom Ismoilovning taklifiga ko'ra ushbu jamoaga keldim. "Turon" yangi jamoa, Superligada qanday ishtirok etishimiz ko'pchilik qatori o'zimiz uchun ham qiziq. To'g'ri, bazida tanqidlar bo'lyapti, salbiy fikrlar yangramoqda. O'ylaymanki, mavsum davomida yaxshi natijalar qayd etishga harakat qilamiz",- deydi Davron Umirov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia