Davron Hoshimov ertaga "Traktorsozi"ga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2016, 11:33
Ertaga OCHL-2016 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Traktorsozi" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvda "sherlar" safida o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov maydonga tusha olmaydi. Sababi futbolchi "Al Hilol"ga qarshi o'tgan ikkita o'yinda ikkita sariq kartochka oldi.

"Paxtakor" safida Jamshid Iskanderov, Javohir Sohibov va Kamoliddin Tojievda bittadan sariq kartochka mavjud.

Ertangi o'yin soat 17:00da "Paxtakor" Markaziy stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia