Davron Fayziev "Qo'qon-1912"ga qaytdi

Joriy mavsumni "Buxoro" jamoasida boshlagan va aprel oyida iste'foga chiqarilgan Davron Fayziev yana "Qo'qon-1912"ga qaytdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra,  qo'qonliklar rahbariyati Fayzievni yana yordamchi murabbiylikka taklif etgan. Kecha "shunqorlar"ning "So'g'diyona"ga qarshi o'tgan o'yini boshlanishi oldidan futbolchilarni chigilyozdi mashqlariga aynan Davron Fayziev olib chiqqan. 

Ushbu xabar mahalliy muxlislarni xursand qilishi aniq. Sababi shundaki, Fayziev "Buxoro"dan ketgach, qo'qonliklik ishqibozlar rahbariyatdan tajribali murabbiyni yana sobiq jamoasiga qaytarishni so'ragandi.


Manba: championat.asia