Davron Fayziev: ”Kerakli g'alabaga erishdik”

Narzulla Saydullayev
14 okt 2016, 21:26
“So'g'diyona” - “Obod” uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Davron Fayziev matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin kutilgandek shiddatli bo'ldi va o'zini oqladi. "Obod" jamoasiga  bugungi o'yinda ochko suv va havodek zarur ekanligini bilar edik. Ular oxirgi uch turni mag'lubiyatsiz seriyalari bilan davom ettirayotgandi. Biz raqib jamoaning o'yinlarini tahlil qilgan holda, bugungi bahs uchun o'ziga xos taktika qo'lladik. O'zimiz uchun, muxlislarimiz uchun kerakli g'alabaga erishdik", - deydi Davron Fayziev.

“So'g'diyona” matbuoti xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia