Davron Fayziev: "Birinchi davra tugagach "So'g'diyona"dan ketmoqchiman"

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2016, 22:35
"So'g'diyona" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Davron Fayziev o'z fikrlarini bildirdi.
"Maydonda haqiqiy jang kechdi. Juda alamli mag'lubiyatga uchradik. Yaratilgan vaziyatlardan gol ura olmaganimiz tufayli mag'lub bo'ldik. Mag'lubiyatga bosh murabbiy aybdor bo'ladi. Ertaga rahbariyat oldiga kelib yangi murabbiy olib kelishlarini so'ramoqchiman. Hozir jamoani tashlab ketmoqchi emasman, sababi Qo'qonda muhim bahs kutib turibdi. Ammo birinchi davra tugagach ketmoqchiman. Salbiy natijalar uchun men javob beraman.

O'yin borasida "Paxtakor"dan qolishganimiz yo'q. Ammo natija bo'lmayapti. Shu bois ketmoqchiman", - deydi Davron Fayziev.


"So'g'diyona" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia