"O'yin janogovor ruhda o'tdi. Muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi, faqat gol bo'lmadi. Yangiyerda ko'pgina muxlislar "Metallurg"ga muxlislik qilishdi. Sababi raqib safida yangierlik futbolchi o'ynadi. Jizzaxdan ko'plab ishqibozlar kelib bizni qo'llab turishdi. Kerakli natija qo'lga kiritilmadi. Bugun mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi, g'alaba qozonishimiz ham. "Metallurg"ning yutug'i asosiy tarkib futbolchilarning saqlab qolingani bo'ldi. Bugun darvozamiz dahlsizligini saqlab qolganimizdan xursandman. Mavsumda ilk ochkoni qo'lga kiritdik. Kuzda ochkolar etmay qolishidan xavfsirash kerak", - deydi Fayziev.
"Jizzaxdagi yangi stadionining chimi a'lo darajada. Ammo stadionning o'zining kamchiliklari bor. Qachon yangi o'yingohda o'ynashimizni bilmayman. Qanchalik tez o'z stadionimizga qaytsak jamoaga ham foydali bo'ladi. Yangiyerdagi maydon holati borasida nima deya olaman? Ikkala jamoa shu maydonda o'ynadi".
So'nggi yillarda "Neftchi"ga qarshi o'yinlarda "So'g'diyona" faqat mag'lub bo'lib kelgan, ammo bularning bari tarixga aylandi. Jamoalar tarkibida o'zgarishlar bo'lgan. Biz faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.
Bu mavsum qanchalik yuqori o'rinni olsak shunchalik yaxshi bo'ladi. 10 yoki 13-o'rinni olish vazifasi qo'yilmagan. O'zim murabbiy sifatida 8-o'rinni olishimizni istayman, undan yuqori bo'lsa ham yo'q demayman.
"So'g'diyona" matbuot xizmati