David Ospina: "Argentina bilan o'yinda Kolumbiya qo'lidan kelgan barcha ishni qildi"

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2015, 16:41
Kolumbiya terma jamoasi darvozaboni David Ospinaning fikriga ko'ra, ular Argentina terma jamoasiga qarshi bor kuchi bilan kurashdi.

"Kuchli raqibga qarshi o'ynaganmizni tan olishimi lozim, ammo qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik. To'pga egalik qilishda bazi muammolar bo'ldi, ammo taktikaga rioya qildik. Mamlakatim uchun doimo bor kuchimni ishga solaman. Bu jamoa bilan ko'plab muvaffaqiyatlarga erisha olamiz deb o'ylayman" - deydi Ospina.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru