David Luis: “Siti” bilan mag'lubiyatda faqat men aybdorman

18 iyun 2020, 09:16
“Arsenal” himoyachisi “Manchester Siti”ga qarshi bahsdan (0:3) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Mag'lubiyatda faqat men aybdorman. Gap yigitlarda ham, murabbiyda ham emas. Ular fantastik insonlar. Hamma gap menda. Va mening shartnomamda. Men karantin vaqtida boshqacha qaror qabul qilishim kerak edi. Kelajagimni tezroq hal etishim lozim. Aybdorligimni tushunib turibman. Bularni to'g'irlashdan harakat qilaman, boisi bu yerda bo'lish menga yoqadi. Yana bu klub oldida qarzdorman”, - deydi Luis.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports