Dario Srna Fred Manchester klubiga o'tishini aytib qo'ydi

Tolibjon Qosimov
11 may 2018, 12:35
"Shaxtyor" himoyachisi Dario Srna jamoadoshi Fredning Manchester klublaridan biriga o'tishini aytib qo'ydi.

Bu holat Fred o'z instagram sahifasida to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqqan paytda ro'y berdi. O'yinchilar "Shaxtyor"ning Ukraina kubogidagi g'alabasini nishonlash maqsadida efirga chiqishgan edi.

"Olg'a, Braziliya! "Shaxtyor" - chempion, Fred esa Manchester klubiga o'tadi. Hozircha, bu "Manchester Yunayted"mi yoki "Manchester Siti" bilmayman. Keling, undan so'raymiz", - dedi Srna.

Braziliyalik futbolchi esa Srnaning gapiga javob bermadi va shunchaki kulib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tribuna.com