"Roma" klubga "yangi" sport direktori tayinlanganini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2025, 22:18
"Roma" matbuot xizmati Frederiko Massaraning klubga sport direktori bo'lganini ma'lum qildi.

U bu joyda 2024 yil mayidan buyon ishlagan Floran Gisolfining o'rnini egalladi.

Massara uchun "Roma" begona emas. U 2011-2019 yillar davomida "Roma"da aynan shu lavozimda faoliyat olib borgan. Shundan keyin u "Milan"da ishladi, 2023 yilda esa "Renn"ga yo'l olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: asroma.com