

Chunki pulka qaysi viloyatda o'tkazilsa, ko'pincha o'sha viloyat jamoasi qanday ishtirok etmasin, birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritadi. Shu bois bu yil ham shunday holatlar takrorlanmasmikin degan xadik bor. 40-50 million so'm xarajat qilib, musobaqada qatnashsayu, adolatsizlik evaziga quruq qo'l bilan qaytishdan foyda yo'qligini tushunib turgan jamoa mutasaddilari bugungi kunda bu borada bosh qotirmoqda. Ochig'ini aytganda, bazida kasb taqozosi tufayli birinchi ligada ishtirok etayotgan klub murabbiylari va rahbarlari bilan muloqotda bo'lganimizda, ularning deyarli barchasi hakamlarning antiqa qarorlaridan aziyat chekayotganini kuyunib gapirishadi. “Oxirgi yillarda hakamlarning “ishiga” ham ko'nikiib ketdik” degan mazmundagi gaplar bilan, o'zlarini ovutishga urinadi. Bechora puli chegaralangan jamoalar dodini kimga aytishni bilmay, maydonga tavakkal tushib kelmoqda. Nahotki, futbolimiz ustuni bo'lmish, birinchi ligada haqqoniy g'alabaga erishish juda qiyin bo'layotgan ersa deb, bazida o'ylanib qolamiz. Bu bilan hakamlar guruhiga loy chaplash fikridan yiroqmiz, shuning uchun ulardan so'rardikki, hakamlar qaysi jamoa bo'lmasin, har qanday qimmatbaho taklifni bir chetga surib, ishlasin, keyin og'zini bo'rttirib gapirayotgan jamoa mutasaddilari o'zlari yo'l qo'yayotgan kamchiliklarni tushunib etadi.
Nasib qilsa, bu yil championat.asia pulka o'yinlariga jiddiy yondoshib, uni qanchalik xalol o'tishi borasida bevosita xolatning o'zidan turib ma'lumot yig'ishni rejalashtirgan.


