Daniya TJ ustozi Qozog'istonga uchralgan mag'lubiyat haqida: “Chuqurdamiz... Ilgari bunday hissiyotni o'tkazganimni eslay olmayman”

Eldor Akmurzayev
27 mar 2023, 09:05
Evro-2024 saralashi doirasida Qozog'iston TJ superkambek ko'rsatib, Daniyani 3:2 hisobida engishga erishdi.

Mazkur bahsdan keyin mehmonlar ustozi Kasper Yulmann mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

“Jamoa va men juda ham xafamiz. Chuqurga tushib ketdik, tashabbusni butunlay boy berdik. Penalti bo'ldimi yoki yo'q, bu ahamiyatsiz. Gap buni qanday qabul qilayotganimizda. Bizga mentalitet yetishmayapti. Gap qandaydir taktikada emas, maydonda o'zini ko'rsatib, tashabbusni qo'lga olish qobiliyati haqida.

Bu darajadagi futbolni hamma o'ynay oladi. Jamoamizdagi mentalitetimizni ko'rsatmaganimizdan g'azabdaman. Ilgari bunday hissiyotni o'tkazganimni eslay olmayman. Jamoa parokandalikka yuz tutganda futbol haqida gapirish qiyin”, deydi daniyaliklar ustozi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA