Dani Olmo "Barselona"da qoladimi yoki ketadi? Futbolchining agenti javob berdi

Tolibjon Qosimov
1 yanv 2025, 14:10
Biroz avval hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo rasman erkin agentga aylangani haqida xabar bergan edik.

"Barselona" Olmo borasida "eb qo'ydimi"?!

Futbolchining agenti uning "Barselona"dan ketishini rad etdi.

Eslatib o'tamiz, La Liga Kataloniya klubiga Dani Olmo va Pau Viktorlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ikki marta ham rad javobini berdi.

Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Olmoga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" hamda "Arsenal" jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

"Shuni aytishim mumkinki, Dani "Barselona"da qolishga qaror qildi. Biz boshqa hech qanday taklif yoki klubni o'rganib chiqmayapmiz.

Dani Olmo "Barsa" uchun o'ynashni xohlaydi, uning istagi aniq va tiniq", - dedi o'yinchining agenti Andi Bara.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: givemesport.com