Dani Alvesga Argentina klubi qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 12:30
"Boka Xuniors" PSJning braziliyalik himoyachisi Dani Alvesga da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Argentina klubi yaqin vaqt ichida futbolchi bilan muzokara o'tkazmoqchi. Alvesning PSJ bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va "Boka" bundan foydalanib qolmoqchi. Shunday qilib, braziliyalik Argentina klubiga tekinga o'tishi mumkin.

Oldinroq, PSJ futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport